locale OZ

«Brentford» Shade bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi

Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Brentford» Shade bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi
ФОТО: Getty images

«Brentford» rahbariyati jamoa ving eri Kevin Shade bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarga kirishdi. Bu haqda Sky Sports News xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «asalarilar» 24 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni unga Angliya Premer-ligasining bir qator grand klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani fonida boshlagan.

Avvalroq Londonning «Arsenal» klubi Shadeni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, nemis futbolchisi uchun kurashda «Liverpul» ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, «Tottenhem» va «Chelsi» ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

«Brentford» Shadeni jamoada saqlab qolish maqsadida uning shartnomasini uzaytirishga harakat qilmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kevin Shade yangi mavsumda «Brentford» safida APL va Angliya Liga kubogi doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting