Brennan Jonson — «Kristal Pelas» futbolchisi (Romano)
«Tottenhem» kelishuv uchun 38,5 mln yevro oladi.
FOTO: Getty Images
Angliyaning «Kristal Pelas» klubi «Tottenhem» yarimhimoyachisi Brennan Jonson transferini yakunlash arafasida. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Kelishuv futbolchi bilan to‘liq tasdiqlandi, shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olindi. «Tottenhem» 33,5 mln funt sterling (38,5 mln yevro) oladi, hozirda tibbiy ko‘rikning birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. «Kristal Pelas» uzoq muddatli loyiha uchun muhim transferni amalga oshirmoqda», — deb yozdi Romano.
Joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 24 yoshli Brennan Jonson 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 4 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist