locale OZ

Braziliyalik tadbirkor butun boyligini Neymarga vasiyat qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliyalik tadbirkor butun boyligini Neymarga vasiyat qildi
ФОТО: Getty images

Braziliyada 31 yoshli tadbirkor vasiyatnomani rasmiylashtirib, barcha boyligini Neymarga qoldirdi.

Tadbirkorning boyligi taxminan 1 milliard dollarga baholangan.

Erkak yolg‘iz bo‘lib, uning farzandlari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri merosxo‘rlari yo‘q. U sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli shunday qarorga kelgan. Tadbirkor ismini oshkor qilmaslikka qaror qilgan.

U Neymar bilan hech qanday qarindoshlik aloqasi bo‘lmasa-da, bunday qarorga kelish sababini shunday izohlagan: "Men Neymarning ashaddiy muxlisiman va uni juda yaxshi ko‘raman".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting