locale OZ

Braziliya Vinisius bilan bogʻliq voqeadan soʻng yangi qonun joriy etmoqchi

Avvalroq «Real» hujumchisi irqchilikka uchragani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya Vinisius bilan bogʻliq voqeadan soʻng yangi qonun joriy etmoqchi
FOTO: Getty Images

Braziliya hukumati futbol maydonlarida irqchilikka chek qo‘yish maqsadida milliy darajadagi yangi qonun joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar o‘yin davomida irqchilik bo‘yicha shikoyat tushsa, hakamlar bahsni darhol to‘xtatishi shart. Agar ayblov isbotlansa, qoidabuzar tomonga (futbolchi yoki muxlislar aybi bilan) avtomatik ravishda texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Ushbu keskin choralar Chempionlar Ligasidagi Vinisius Junior va Janluka Prestianni o‘rtasidagi mojarodan so‘ng ishlab chiqildi.

Shuningdek, qonun doirasida futbol xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari va kamsitishlarni aniqlash bo‘yicha yangi protokollar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting