locale OZ

Braziliya turnirdan chiqib ketganidan so‘ng Neymar maydonda yig‘lab yubordi

Pentakampeonlar Norvegiyaga qarshi oʻyinda imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya turnirdan chiqib ketganidan so‘ng Neymar maydonda yig‘lab yubordi
FOTO: Getty Images

Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Neymar JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiyadan uchralgan kutilmagan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi va maydonni yig‘lagan holda tark etdi.

Uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Neymar 67-daqiqada hujumchi Gabriel Martinellining o‘rniga maydonga tushdi. U o‘yin yakunlanishi arafasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining yagona javob goliga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi tarkibida Erling Xoland dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Norvegiya chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Avvalroq, musobaqaning 1/16 final bosqichida Braziliya Yaponiya to‘sig‘idan o‘tgan (2:1), Norvegiya esa Kot-d`Ivuar ustidan zafar quchgan edi (2:1).

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting