locale OZ

Braziliya terma jamoasi to‘p nazorati bo‘yicha o‘zining antirekordini yangiladi

Pentakampeonlar Norvegiyaga imkoniyatni boy berib mundial bilan xayrlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya terma jamoasi to‘p nazorati bo‘yicha o‘zining antirekordini yangiladi
FOTO: Getty Images

Braziliya milliy terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida to‘p nazorati bo‘yicha o‘zining eng yomon ko‘rsatkichini qayd etdi. Norvegiyaga qarshi kechgan bahsda bu ko‘rsatkich atigi 34 foizni tashkil qildi. Bu haqda Opta Sport tahliliy kanali xabar bermoqda.

Bungacha "pentakampeonlar"ning eng past ko‘rsatkichi 40 foizga teng bo‘lib, ushbu natija JCh-1998 doirasidagi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda muhrlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 nimchorak finalidan o‘rin olgan mazkur bahsda Braziliya terma jamoasi Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. G‘oliblar safida Erling Xoland dubl qayd etgan bo‘lsa, braziliyaliklarning yagona javob goliga penaltini aniq amalga oshirgan Neymar mualliflik qildi.

Mundialning chorak final bosqichida Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan turnir finalida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting