Braziliya tarixda hali biror marta Norvegiyani mag‘lub eta olmagan
2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Braziliya va Norvegiya o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu bahs oldidan e'tiborni tortayotgan jihatlardan biri — jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar statistikasi hisoblanadi.
Qizig‘i shundaki, Braziliya terma jamoasi tarix davomida Norvegiyani hali biror marta mag‘lub eta olmagan. Ikki jamoa shu kungacha to‘rt bor o‘zaro maydonga tushgan bo‘lib, ularning ikkitasida Norvegiya g‘alaba qozongan, yana ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Jamoalarning eng mashhur qarama-qarshiligi 1998-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Braziliyani mag‘lub etgan edi.
Endi esa jamoalar yana Jahon chempionatida to‘qnash kelmoqda. Braziliya nafaqat chorak final yo‘llanmasi, balki Norvegiyaga qarshi omadsiz seriyasiga ham barham berishga harakat qiladi.