Braziliya sudi Anchelotti tayinlanganidan bir necha kun o‘tib Konfederatsiya prezidentini lavozimidan chetlatdi
Kecha, 15 may kuni Rio-de-Janeyro sudi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rahbariyati vazifasidan chetlatildi. CBF vitse-prezidentlaridan biri Fernando Sarni, Ednaldo Rodrignesning iste’fosini talab qilgan shaxs sifatida, vaqtincha prezident etib tayinlandi va “iloji boricha tezroq” saylov o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
Mart oyida muvaffaqiyatli ravishda qayta saylangan Rodrignes joriy yilning 8 may kuni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Karlo Anchelottini rasman tayinlaganidan uch kun o‘tib lavozimidan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni CBF vitse-prezidenti Antonio Karlos Nunes de Limaning soxta imzosi orqali Rodrignes o‘z pozitsiyasini mustahkamlab olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.