locale OZ

Braziliya prezidenti: «Mamlakatimizga oltinchi Jahon chempionligi unvoni kerak»

Braziliya rahbari futbolchilarga murojaat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya prezidenti: «Mamlakatimizga oltinchi Jahon chempionligi unvoni kerak»
FOTO: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan Braziliya terma jamoasiga mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva motivatsion nutq bilan murojaat qildi.

«Futbolchilarimiz har bir oʻyinda jang qilishlari va Braziliya xalqini yodda tutishlari shart. Mamlakatimizga oltinchi Jahon chempionligi unvoni kerak. Braziliya terma jamoasi turnirda shunchaki gʻalaba uchun kurashish uchun emas, balki kubokni olib ketish uchun ishtirok etmoqda.

Karlo Anchelotti, futbolchilarimizga sening ulkan tajribang borligini va oʻzing ham ajoyib oʻyinchi boʻlganingni eslatib qoʻy», — dedi prezident oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida eʼlon qilingan videoda.

Maʼlumot uchun, Braziliya terma jamoasi «C» guruhidan joy olgan boʻlib, u yerda Marokash, Shotlandiya va Gaiti milliy terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting