Braziliya nashri xabar berishicha, Yurgen Klopp Madridning «Real» klubi yoki Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Braziliya nashri xabar berishicha, Yurgen Klopp Madridning «Real» klubi yoki Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Mashhur braziliyalik UOL nashrining ma'lumotiga ko'ra, nemis mutaxassisi Yurgen Klopp yana bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borishi mumkin. U bilan Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi qiziqmoqda. Manbaga ko'ra, Klopp Red Bull futbol loyihasida global rahbar sifatidagi vazifasi orqali tobora ko'proq charchoqni his qilmoqda.
Yurgen bosh murabbiylik faoliyatini qaytadan boshlash variantlarini ko'rib chiqishga tayyor ekani ta'kidlanmoqda. Nemis murabbiyi 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul»ni boshqargan. 2025 yil 1 yanvardan e'tiboran Red Bull futbol loyihasining global rahbari sifatida ish boshlagan. Klopp «Liverpul» bilan Angliya Premer-Ligasi va Chempionlar Ligasini yutgan.
Bakradze Iman
Redaktor