Braziliya Kubogi. «Fluminense» Thiago Silvaning goli evaziga yarim finalga yo‘l oldi
Ertaga tongda ularning yarim finaldagi raqibi aniqlanadi.
ФОТО: Getty images
Braziliya Kubogi chorak finali javob bahsida “Fluminense” o‘z maydonida “Bahia”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Gollar Agustin Kanobbio va Thiago Silva tomonidan kiritildi. Bu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda “Fluminense” 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, “Fluminense” yarim finalda “Vasko da Gama” - “Botafogo” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Birinchi o‘yinda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Braziliya Kubogi, chorak final
«Fluminense» - «Bahia» 2:0 (0:1)
Gollar: Kanobbio (pen. 55), Silva (84).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist