locale OZ

Braziliya Karlo Anchelottiga ultimatum qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya Karlo Anchelottiga ultimatum qo'ydi
FОТО: These Football Times

Braziliya futbol federatsiyasi (CBF) Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasini boshqarishga tayyormi yoki yo'q bunga javob berishi uchun muddat belgiladi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, italiyalik mutaxassis Chempionlar Ligasi finalidan oldin javob berishi kutilmoqda. “Real” finalga chiqsa-chiqmasa, CBF uning javobini 31-maygacha olishni istaydi.

Qayd etilishicha, braziliyaliklar taklif qilayotgan maosh Anchelottining “Real”da olayotganidan ancha yuqori bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Braziliya terma jamoasi iyun oyida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlar o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting