locale OZ

Braziliya Avstraliyaga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Braziliya va Avstraliya 29-sentabr kuni Brisben shahrida yana bir bor o‘zaro to‘qnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya Avstraliyaga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etdi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi “seleção” uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) xabar berdi.

Taunsvill shahridagi “Queensland Country Bank” stadionida o‘tgan bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida Nestori Irankunda jarima zarbasidan chiroyli gol urib, Avstraliyani oldinga olib chiqdi.

Braziliya uzoq vaqt davomida javob golini topa olmadi. Biroq 90+5-daqiqada Rayan bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va jamoasiga durangni saqlab qoldi. Shu tariqa Braziliyaning JCh-2026dan keyingi yangi sikldagi ilk uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi.

Ma’lumot uchun, Braziliya va Avstraliya 29-sentabr kuni Brisben shahrida yana bir bor o‘zaro to‘qnash keladi. Shundan so‘ng Anchelotti shogirdlari 3-oktabr kuni Hindiston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting