Braziliya Anchelottiga yangi shartnoma taklif qilmoqda
Yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbarlari italiyalik mutaxassisning faoliyatidan hayratda qolgan. Garchi u iyun oyida terma jamoani qabul qilib olgan bo‘lsa-da, yaxshi ishlayotgani aytilmoqda.
Yangi kelishuv 2030 yildagi jahon chempionati yakunigacha mo‘ljallangan. Mundial oldidan bitim uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga tayinlanishidan oldin 4 yil davomida Madridning "Real" klubini boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist