locale OZ

Braziliya A Seriyasi. «Santos»dan yirik g'alaba, Neymardan gol+pas

G'alabadan so'ng “Santos” 41 ochko bilan turnir jadvalida 15-pog'onaga ko'tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya A Seriyasi. "Santos"dan yirik g'alaba, Neymardan gol+pas
ФОТО: Getty images

“Santos” Braziliya A Seriyasi 36-turida “Sport Resifi”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi taymning 25-daqiqasida Neymar hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Lukas Kal o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisobdagi farqni ikkita qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda esa Joau Shmidt Neymarning burchakdan yo‘llagan uzatmasini golga aylantirdi — 3:0.

G'alabadan so'ng “Santos” 41 ochko bilan turnir jadvalida 15-pog‘onaga ko‘tarildi.

Braziliya A Seriyasi. 36-tur
“Santos” — “Sport Resifi” 3:0
Gollar: Neymar 25, Kal 36 (avt), Shmidt 67.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting