locale OZ

“Brayton” Karlos Balebaning narxini pasaytirdi

Balebaga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirishda davom etmoqda.
“Brayton” Karlos Balebaning narxini pasaytirdi
Foto: Getty Images

“Brayton” yarim himoyachisi Karlos Baleba yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Klub 22 yoshli kamerunlik futbolchi uchun talab qilayotgan summani pasaytirgan.

Daily Mail Sport ma’lumotiga ko‘ra, “Brayton” endilikda Balebani taxminan 70–76 million yevroga sotishga tayyor. Avvalroq ingliz klubi futbolchini qariyb 117 million yevroga baholagan va bu uning transferini ancha qiyinlashtirgan edi.

Balebaga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirishda davom etmoqda. Manchester klubi yarim himoyachini bir yildan ortiq vaqt davomida kuzatib kelmoqda. Shu bilan birga, futbolchi uchun kurashga “Nyukasl” ham qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Baleba o‘tgan mavsumda “Brayton” safida barcha musobaqalar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq kamerunlik futbolchi ushbu bahslarda gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting