Brayan Saragosa «Espanyol»ga o'tadi
Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
«Bavariya» futbolchisi Brayan Saragosa yana La Ligaga qaytish arafasida. 24 yoshli qanot futbolchisining transferi bo‘yicha «Espanyol» bilan kelishuv yakuniy bosqichga yetgan.
Kataloniyaliklar ispan futbolchisini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishadi. Saragosaning o‘zi ham jamoaga o‘tishga rozilik bergan.
Saragosa o‘tgan mavsumning birinchi yarmida «Selta» safida ijara asosida o‘tkazgan bo‘lsa, mavsumning ikkinchi qismida Italiyaning «Roma» klubida to‘p tepgan. U yerga ham ijara asosida borgan edi.
Brayan Saragosaning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist