Brahim Dias yana \"Milan\"ga qaytishi mumkin
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Brahim Dias yana "Milan" safida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Italiya grandi ijodkor futbolchini ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Milan" hujumkor yarimhimoyachi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Brahim bu ro‘yxatdagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq "Real Madrid" futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti va ehtimoliy transfer uchun kamida 60 million yevro talab qilishi mumkin. "Milan" esa bu summani yuqori deb hisoblamoqda.
Brahim Dias 2020–2023-yillar oralig‘ida "Milan" safida ijara asosida to‘p surib, muxlislar mehrini qozongan edi. Shundan so‘ng u "Real Madrid"ga qaytib, jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Shu sababli transfer ehtimoli hozircha mish-mishlar darajasida qolmoqda.