Brahim Dias Afrika Millatlar Kubogi tarixiga kirdi
Marokash terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Brahim Dias Afrika Millatlar Kubogi tarixiga kirdi. 26 yoshli futbolchi turnirning final bosqichida ketma-ket beshta uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
2026 yilgi Afrika Millatlar Kubogida Dias marokashliklarning barcha o‘yinlarida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. U guruh bosqichida Komor orollari (2:0), Mali (1:1) va Zambiya (3:0) darvozalariga bittadan gol urdi. Shundan so‘ng 1/8 finalda Tanzaniya bilan bahsda (1:0) g‘alaba golini kiritdi, chorak finalda esa Kamerun darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi (2:0). Ushbu seriya Marokash terma jamoasining yarimfinalga chiqishida muhim rol o‘ynadi. Endi jamoa final yo‘llanmasi uchun Jazoir — Nigeriya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Brahim Dias Ispaniyada tug‘ilgan, Ispaniyaning yoshlar terma jamoalarida to‘p surgan hamda milliy terma jamoa safida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan. Biroq 2024 yilda u sport fuqaroligini o‘zgartirib, otasi tomondan marokashlik ildizlarga ega bo‘lgani sabab Marokash terma jamoasini tanlagan.