Bosh hakamlar va yordamchi hakamlar uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi
Yig‘in doirasida hakamlar amaliy sinovlardan o‘tkazildi.
photo: UzFHM
Bosh hakamlar va yordamchi hakamlar uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi.
Yig‘in doirasida hakamlar amaliy sinovlardan o‘tkazildi. Ularning jismoniy tayyorgarligi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda o‘yin vaziyatlarini to‘g‘ri baholash mahorati tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mazkur guruh nazariy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdi. Unda futbol qoidalaridagi yangiliklar, o‘yin epizodlarini tahlil qilish va hakamlik amaliyotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor