locale OZ

«Borussiya» Niko Kovach bilan shartnomani uzaytiradi

54 yoshli mutaxassis Germaniyaning top-klubi bilan hamkorlikni 2029-yil o‘rtalariga qadar uzaytiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Borussiya» Niko Kovach bilan shartnomani uzaytiradi
Фото: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiy Niko Kovachning ishidan mamnun. Tomonlar muzokaralar o‘tkazib, yangi mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldi. Bu haqda BILD xabar berdi.

54 yoshli mutaxassis Germaniyaning top-klubi bilan hamkorlikni 2029-yil o‘rtalariga qadar uzaytiradi. Amaldagi shartnoma esa 2027-yil iyun oyining oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Germaniya chempionatidagi dastlabki to‘rt turdan so‘ng Dortmund jamoasi 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Borussiya» Myunxenning «Bavariya» klubidan ikki ochkoga oldinda.

Kovach shogirdlari Bundesligadagi navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida Bremenning «Verder» klubiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 9-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting