locale OZ

«Borussiya M» bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Klub Bundesliga turnir jadvalida 16-oʻrinni egallagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Borussiya M” bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi
ФОТО: Getty images

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi asosiy jamoa bosh murabbiyi Herardo Seoanani isteʼfoga chiqardi. Bu haqda Sky Sports yozmoqda.

Manbaga koʻra, "Borussiya" rahbariyatining shveytsariyalik mutaxassis boʻyicha qaroriga jamoaning mavsum startidagi uch oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasi taʼsir koʻrsatgan.

Bundesliganing birinchi turida "Borussiya" debyutant "Gamburg"ni magʻlub eta olmadi (0:0), ikkinchi turda esa "Shtutgart"ga minimal hisobda yutqazdi. Soʻnggi tomchi 14 sentyabr kuni "Borussiya Park"da oʻz uyida "Verder"dan uchralgan magʻlubiyat boʻldi.

Natiajada, Gladbax klubi jadvalda atigi 16-oʻrinni egallagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting