locale OZ

“Borussiya Dortmund” Yaponiyadagi safarni g‘alaba bilan yakunladi

Avvalroq Niko Kovach shogirdlari “Sereso Osaka”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
“Borussiya Dortmund” Yaponiyadagi safarni g‘alaba bilan yakunladi
Foto: Getty Images

“Borussiya Dortmund” Yaponiyadagi mavsumoldi yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida “FC Tokio”ni minimal — 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni ikkinchi bo‘lim boshida Fabiu Silva kiritdi.

Birinchi bo‘lim kuchli yomg‘ir sabab qariyb 25 daqiqaga to‘xtatib turildi. Shunga qaramay, Dortmund o‘yin davomida tashabbusni qo‘ldan bermadi va ikkinchi bo‘limda urilgan gol evaziga g‘alabani rasmiylashtirdi.

Mazkur uchrashuvda “Borussiya Dortmund” safida Maksimilian Bayer, Valdemar Anton va Daniel Svensson kabi asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushdi. Ammo jamoa uchun noxush holat ham yuz berdi — yarim himoyachi Karni Chukvuemeka tizzasidagi muammo sabab uchrashuvni muddatidan avval tark etdi.

Shu tariqa, “Borussiya Dortmund” Yaponiyadagi mavsumoldi turnesini bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan yakunladi. Avvalroq Niko Kovach shogirdlari “Sereso Osaka”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting