locale OZ

\"Borussiya Dortmund\" o'rtoqlik o'yinida Yaponiya klubiga mag‘lub bo‘ldi

Dortmund klubi Yaponiyadagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini "Tokio" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Borussiya Dortmund" o'rtoqlik o'yinida Yaponiya klubiga mag‘lub bo‘ldi
Foto: Getty Images

Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubi Yaponiyadagi mavsumoldi yig‘ini doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida "Sereso Osaka"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol 8-daqiqada Solomon Sakuragava tomonidan kiritildi.

Dortmundliklar gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng tashabbusni qo‘lga olishga harakat qildi. Birinchi bo‘lim oxirida Seru Girasining xavfli zarbasi golga aylanishiga oz qoldi, ikkinchi bo‘limda esa nemis klubi yana bir necha qulay vaziyatlar yaratdi. Biroq hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqa olmadi.

Uchrashuv davomida "Borussiya Dortmund" uchun yana bir yoqimsiz holat kuzatildi. Himoyachi Filippo Mane jarohat olib, birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Mazkur bahs yana bir jihati bilan e’tiborga sazovor bo‘ldi. "Borussiya Dortmund"ning sobiq futbolchisi Sindzi Kagava "Sereso Osaka"ning asosiy tarkibida maydonga tushib, sobiq jamoasiga qarshi harakat qildi. Dortmund klubi Yaponiyadagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini "Tokio" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting