locale OZ

«Borussiya Dortmund» Niko Shlotterbek bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar moʻljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Borussiya Dortmund» Niko Shlotterbek bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachi Niko Shlotterbek bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, gap 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasi haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuvga futbolchini sotib olish huquqi haqidagi band ham kiritiladi. Avvalroq, germaniyalik himoyachiga Madridning «Real» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Shlotterbek klub safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting