locale OZ

“Borussiya Dortmund” Jud Bellingemning ukasiga “og'iz solmoqda”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Borussiya Dortmund” Jud Bellingemning ukasiga “og'iz solmoqda”
FOTO: Getty Images

“Sanderlend” klubi yarim himoyachisi Job Bellingem faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Patrik Berger xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Borussiya Dortmund” Bellingemga qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Angliyalik futbolchining transferi nemis klubiga taxminan 25 million yevroga tushishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli futbolchi joriy mavsum “Sanderlend” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning inglizlar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting