«Borussiya D» Silva bilan kelishib oldi
Фото: Getty Images
Dortmundning "Borussiya" klubi Fabio Silva transferi borasida deyarli kelishib oldi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "ariqko‘zlar" "Vulverhempton" bilan 23 yoshli hujumchining transferini yakunlash arafasida.
Transfer narxi 22 dan 25 million yevrogacha bo‘lishi kutilmoqda.
Futbolchining o‘zi allaqachon "Borussiya" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga rozi bo‘lgan.
Silva o‘tgan mavsumni ijarada "Las-Palmas"da o‘tkazdi va La Ligada 24 ta o‘yinda 10 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist