locale OZ

«Borussiya D» «Roma» futbolchisi uchun taklif yubormoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Borussiya D» «Roma» futbolchisi uchun taklif yubormoqchi
Фото: Getty Images

Dortmundning "Borussiya" klubi "Roma" hujumchisi Matias Souleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports Germany xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli argentinalik futbolchi bo‘yicha kelishuv summasi 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Futbolchining vakillari futbolchiga qiziqish bor-yo‘qligini bilish uchun "Borussiya"ga murojaat qilgan. Soulening "Roma"dagi kelajagi hanuz mavhumligicha qolmoqda.

2024/25 yilgi mavsumda Soule 39 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Roma" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting