locale OZ

«Borussiya D» Kovach bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Borussiya D» Kovach bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Borussia Dortmund

Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiy Niko Kovach bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, xorvatiyalik mutaxassis 2027 yilning 30 iyuniga qadar “arilar” bilan yangi bitim imzoladi. 53 yoshli murabbiy o‘tgan mavsumdan beri jamoani boshqarib kelmoqda.

Dortmundliklar o‘tgan yili Bundesligani 4-o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Yangi mavsumning ilk bahsida esa “Sankt-Pauli” bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi. Garchi ular so‘nggi daqiqalargacha 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting