«Borussiya D» jarohat olgan Emre Jan bilan shartnomani uzaytirdi
Jan 2019 yildan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachi Emre Jan bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kelib chiqilgan kelishuvga ko'ra, "asalariylar" sardori jamoada 2027 yilning yozigacha qoladigan bo'ldi.
Ma'lumot uchun, futbolchi mart oyining boshida og'ir jarohat — tizzasidagi cho'qsimon bog'lamlarining uzilishi bilan maydonga tusholmayapti. Endi Janni uzoq davom etadigan tiklanish jarayoni kutmoqda.
Emre Jan 2019 yildan beri Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 32 yoshli xavbek nemis jamoasi tarkibida 220 ta o'yinda ishtirok etib, 23 ta gol va 12 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist