locale OZ

«Borussiya D» Gonsalo Garsiyani sotib olmoqchi

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Borussiya D» Gonsalo Garsiyani sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Dortmundning "Borussiya" klubi Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Torresni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Nemis klubi 22 yoshli forvardni o‘zining transferlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "arilar" Torresdan tashqari "Hoffenhaym" hujumchisi Fisnik Aslani va "Bryugge" forvardi Nikolo Trezoldiga ham qiziqish bildirmoqda.

Ta'kidlanishicha, ayni paytda "Borussiya" Torresning "Real"dan o'tishi borasida muzokaralarni boshlamagan.

Joriy mavsumda Torres barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting