locale OZ

«Bornmut»ning yosh hujumchisi APLning top-klublari eʼtiboriga tushdi

«Olchalar» ushbu transferdan 60 mln funt ishlab olishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut»ning yosh hujumchisi APLning top-klublari eʼtiboriga tushdi
FOTO: Getty Images

«Bornmut» hujumchisi Eli Krupi Angliya Premyer-ligasining top-klublari e’tiboriga tushdi. Caught Offside nashrining xabar berishicha, «Liverpul» va «Chelsi» 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga kirishgan.

Kutilishicha, «olchalar» istiqbolli fransuz uchun taxminan 60 million funt (69 million yevro) talab qilishadi. Transfermarkt ekspertlarining baholashiga ko‘ra, Krupining bozor qiymati hozirda 40 million yevroni tashkil etadi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida hujumchi «Bornmut» safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, futbolchi so‘nggi ikki turda «Arsenal» va «Manchester Yunayted» darvozalarini ishg‘ol qildi.

Avvalroq Krupining o‘ziga xos natijasi haqida xabarlar berilgan edi: u 1999/2000 yilgi mavsumda Robbi Kin («Koventri Siti») qayd etgan ko‘rsatkichdan so‘ng, APLdagi debyut mavsumida 10 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk o‘smir futbolchiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting