locale OZ

«Bornmut»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi

Hozirda klub APL turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta o‘yinga yetdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Bornmut» jamoasi «Fulhem»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 16 ta o‘yinga yetkazib oldi.

Klubning ushbu seriyasi yanvar oyida, APLning 21-turida «Tottemhem» (3:2) ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlangan edi. Shundan so‘ng jamoa «Brayton» (1:1) bilan durang o‘ynadi. Keyinchalik «Bornmut» quyidagi jamoalar bilan bahs olib bordi: «Liverpul» (3:2), «Vulverxempton» (2:0), «Aston Villa» (1:1), «Everton» (2:1), «Vest Hem» (0:0), «Sanderlend» (1:1), «Brentford» (0:0), «Byornli» (0:0), «Manchester Yunayted» (2:2), «Arsenal» (2:1), «Nyukasl» (2:1), «Lids» (2:2), «Kristal Pelas» (3:0) va nihoyat «Fulhem».

Navbatdagi turda, 19 may kuni «olchalar» o‘z maydonlarida «Manchester Siti»ni qabul qilishadi. Hozirda «Bornmut» 55 ochko bilan APL turnir jadvalining oltinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting