locale OZ

«Bornmut»ning 19 yoshli hujumchisi Yevropa grandlari eʼtiboriga tushdi

Daʼvogarlar qatorida «Arsenal», «Man Siti», «PSJ» va «Bavariya» bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut»ning 19 yoshli hujumchisi Yevropa grandlari eʼtiboriga tushdi
FOTO: Getty Images

«Bornmut» klubining 19 yoshli hujumchisi Eli Krupi Yevropaning bir qator top-klublari eʼtiboriga tushdi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning bergan maʼlumotlariga koʻra, «Arsenal», «Manchester Siti» va «Pari Sen-Jermen» klublari futbolchining maydondagi harakatlarini faol kuzatib bormoqda. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Myunxenning «Bavariya» klubi ham yosh hujumchiga qiziqish bildira boshlagan. Hozirda futbolchini sotib olishni koʻzlayotgan daʼvogarlar «vishnyalar» (Bornmut) rahbariyati hujumchi uchun qancha narx belgilashini kutishmoqda.

Maʼlumot uchun, yakunlangan mavsumda Eli Krupi «Bornmut» safida barcha turnirlarda 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali oʻyinchining ayni paytdagi bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting