locale OZ

«Bornmut» Ximenesni toʻliq oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Himoyachining transfer huquqi «Milan»ga tegishli.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut» Ximenesni toʻliq oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Bornmut» klubi himoyachi Alexandro Ximenesning transfer huquqini to‘liq sotib olishga va uni jamoada doimiy asosda olib qolishga tayyor. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Skiraning so‘zlariga ko‘ra, «albalilar» italiyaliklar bilan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan sotib olish bandini faollashtirishmoqchi.

Futbolchi uchun 2030 yilgacha mo‘ljallangan, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tayyorlab qo‘yilgan.

Maʼlumot uchun, Ximenes APLning joriy mavsumida o‘zini ko‘rsata oldi. U «Bornmut» safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida Angliya Kubogidagi bitta o‘yin va bitta samarali uzatma ham mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting