locale OZ

“Bornmut” Portugaliya terma jamoasi himoyachisini transfer qilishga kelishib oldi

“Bornmut” ushbu transfer orqali yozgi transfer oynasidagi navbatdagi muhim xaridini amalga oshirmoqda hamda himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bornmut” Portugaliya terma jamoasi himoyachisini transfer qilishga kelishib oldi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Bornmut” klubi Portugaliya terma jamoasi va “Benfika” markaziy himoyachisi Antonio Silvani o‘z safiga qo‘shib olish borasida kelishuvga erishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, transfer summasi 25 million yevroni tashkil etadi. Tomonlar bitimning yakuniy tafsilotlarini hal qilmoqda va yaqin kunlarda transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

22 yoshli Antonio Silva “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Portugaliya terma jamoasi safida muntazam maydonga tushib kelmoqda va Yevropaning istiqbolli markaziy himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

“Bornmut” ushbu transfer orqali yozgi transfer oynasidagi navbatdagi muhim xaridini amalga oshirmoqda hamda himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting