«Bornmut» Petrovichning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Bornmut" "Chelsi" darvozaboni Jorje Petrovichni sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Giloslar” serbiyalik 25 yoshli darvozabon bilan 5 yillik bitim imzoladi.
Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, transfer summasi 25 million funtni tashkil qilgan.
Petrovich 2023 yilning avgustidan buyon londonliklarga tegishli. O‘tgan mavsumda u "Strasburg"da ijarada o‘ynadi va 31 ta o‘yinda maydonga tushdi.
U yaqinda “Arsenal”ga yo‘l olgan Kepaning o‘rnini egalladi. Jorjega “Sanderlend" jamoasi ham qiziqish bildirayotgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor