locale OZ

«Bornmut» Marko Rozeni bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi

Andoni Iraola mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut» Marko Rozeni bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Bornmut» klubi bosh murabbiylik lavozimiga germaniyalik mutaxassis Marko Rozeni tayinlashga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, amaldagi bosh murabbiy Andoni Iraola mavsum yakunida jamoani tark etishini bildirganidan so‘ng, Premyer-liga klubi 49 yoshli mutaxassis nomzodida to‘xtalgan.

Xabar qilinishicha, agar hech qanday kutilmagan to‘siqlar yuzaga kelmasa, yaqin vaqt ichida rasmiy kelishuv imzolanadi.

Rozening so‘nggi ish joyi «RB Leypsig» klubi bo‘lgan edi. Bungacha murabbiy Dortmundning «Borussiya», Myunxengladbaxning «Borussiya» hamda «Red Bull Zalsburg» jamoalarini boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting