«Bornmut» Krupini 70 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor
Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Bornmut hujumchisi Eli Krupi 2026 yil yozida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 19 yoshli fransiyalik futbolchini taxminan 70 million yevro evaziga sotishga tayyor. Futbolchiga ayniqsa Manchester Yunayted katta qiziqish bildirmoqda. Avvalroq unga Liverpul, Arsenal va Chelsi ham da’vogarlik qilgani aytilgan edi.
Joriy mavsumda Krupi 30 ta bahsda 10 gol urgan. U Bornmut safida 2025 yil fevralidan buyon to‘p tepmoqda va uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist