«Bornmut» Iraolaga yangi shartnoma taklif qiladi
Iraolaning “giloslar” bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
«Bornmut» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraolaning ishidan mamnun.
Sky Sports xabariga ko'ra, klub 43 yoshli ispaniyalik murabbiyga yangi bitim taklif qiladi.
Iraolaning “giloslar” bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Avvalroq unga “Manchester United” jamoasi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Ruben Amorim ishdan olinsa, ushbu mutaxassis ham nomzodlar qatorida ekani aytilmoqda.
Andoni boshchiligidagi «Bornmut» hozirda APLda 6 turdan so'ng 11 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist