Bornmut Forsterning transferi e'lon qilindi
U yangi jamoasida 17-raqam ostida harakat qiladi.
ФОТО: Getty images
"Bornmut" klubi darvozabon Freyzer Forster bilan shartnoma imzolaganini rasmiy tarzda e'lon qildi.
Shartnoma mavsum oxirigacha tuzilgan. U yangi jamoasida 17-raqam ostida maydonga chiqadi.
37 yoshli ingliz posboni 2025 yil yanvarida "Tottenhem"dan ketganidan so‘ng klubiz qolgan edi.
Faoliyati davomida Forster APLda 155 ta o‘yinda ishtirok etib, 204 ta gol o‘tkazib yuborgan. U "Tottenhem"dan tashqari, "Sautgempton", "Nyukasl" va "Norvich" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist