locale OZ

«Bornmut» Ben Doukni sotib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bornmut» Ben Doukni sotib oldi
Фото: Getty Images

"Bornmut" klubi vinger Ben Douk bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, "Gilos"lar shotlandiyalik futbolchi bilan 5 yillik bitim tuzgan. "Liverpul" esa Doukning transferidan 25 million funt ishlab oldi.

Kelib kelishuvga ko'ra, keyinchalik turli bonuslar ham qo'shilishi mumkin. "Bornmut" eng qimmat transferlaridan birini amalga oshirdi.

Mersisaydliklar 2022 yilda uni "Seltik"dan 600 ming funt evaziga sotib olgan edi. O'tgan yili futbolchi "Midlsbro" safida Chempionshipda to'p tepdi. 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 7ta assistni qayd etdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting