Borjesh: «Chorak finalda favorit yoʻq»
Lissabonning «Sporting» klubi bosh murabbiyi Ruy Borjesh Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi kechadigan dastlabki uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ruy Borjesh jamoasining orzularini amalga oshirish va klub tarixini yozishda davom etish niyatida ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, stadiondagi muhit va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi unutilmas oqshomni tashkil etishda hamda ulkan natijaga erishishda juda muhim rol o‘ynaydi.
Murabbiy mazkur bosqichda ikki kuchli jamoa to‘qnash kelishini va Yevropa Chempionlar Ligasining bunday yuqori darajasida yaqqol favoritlar mavjud emasligini alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi 30 may kuni Budapeshtdagi «Ferens Pushkash» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.