Boniface «Bayer»dan «Werder»ga oʻtdi
ФОТО: Getty images
“Bayer” hujumchisi Viktor Boniface faoliyatini “Werder”da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi.
Manbaga koʻra, Bremen klubi 24 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olgan.
Kelişuvga koʻra, bremenliklar hujumchi maoshining bir qismini toʻlab beradi.
Ma’lumot uchun, Boniface oʻtgan mavsum Bundesligada 19 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Uning Transfermarktʼdagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq Boniface “Milan” uchun tibbiy koʻrikdan oʻta olmagandi va ortiga qaytgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist