«Bolonya» yetakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
ФОТО: Getty images
“Bolonya” klubi hujumchisi Rikkardo Orsolini bilan shartnoma muddatini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi kelishuvni 2029 yilning yozigacha uzaytirmoqchi. Futbolchining klub bilan amal qilayotgan bitimi 2027 yilning iyun oyi yakunigacha mo‘ljallangan.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Orsolinining maoshi sezilarli darajada oshiriladi.
Orsolini "Bolonya" safida 2019 yildan beri to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 28 yoshli italiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 17 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist