«Bolonya» Italiyanoni iste'foga chiqardi
Italiano 2024 yil iyunidan beri 'Bolonya'ni boshqarib kelayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Vinchentso Italiano "Bolonya" bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Klub rahbariyati va mutaxassis oʻzaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qilishdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Italiano 2024 yil iyunidan beri "Bolonya"ni boshqarib kelayotgan edi. O‘tgan A Seriya mavsumida jamoa 56 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq 48 yoshli mutaxassis "Napoli"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Neapolliklar rahbariyati Italianoni murabbiylik lavozimiga nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda Milaning "Inter" klubi Italiya chempioni bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist