locale OZ

«Bolonya» Dovbikni ijaraga olishga yaqin

Muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bolonya» Dovbikni ijaraga olishga yaqin
ФОТО: Getty images

"Roma" hujumchisi Artem Dovbik ijaraga asosida "Bolonya"ga o'tishga yanada yaqinlashmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar tarqatmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ukrainalik forvard bugun "Bolonya" bosh murabbiyi Domenico Tedesko bilan shaxsan suhbatlashgan.

Italiya klubi Dovbikni yangi mavsum uchun ijaraga qo'shib olishni istamoqda.

"Roma" esa futbolchining ketishiga qarshi emas va transfer uchun "yashil chiroq" yoqqan. Endi yakuniy qarorni Artem Dovbikning o'zi qabul qiladi.

Agar forvard taklifni ma'qullasa, tomonlar ijara shartnomasini rasmiylashtirish jarayoniga o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting