Bolalar futboli: Andijon jamoalari final va yarim finalda
O'FA huzuridagi futbol maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari o'tkazilmoqda.
photo: Andijon fk
O'FA huzuridagi futbol maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari o'tkazilmoqda. Unda “Andijon” klubi qoshidagi Andijon futbol maktabining 2014 yilda tug'ilgan yosh futbolchilardan iborat jamoasi ham ishtirok etmoqda.
14 ta ishtirokchi ikki guruhga bo'lingan va yosh burgutlar “A” guruhida qatnashmoqda. E'tiborlisi, muddatidan oldin o'z guruhida 1-o'rinni egallab final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi hal qiluvchi o'yinda “Andijon FM” “Namangan FM”ga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, Xorazmda 2013 yilda tug'ilgan shug'ullanuvchilar o'rtasida ham Respublika chempionati bo'lib o'tmoqda. Unda qatnashyotgan “Andijon” jamoasi qoshidagi futbol maktabi jamoasi yarim finalda bugun o'z o'yinini o'tkazadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor