Bolalar futboldi: kichik “ajdarlar” chorak finalda
Photo: Nasaf PFk
“Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari Portugaliyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.
Bugun vakillarimiz "Iber Cup" musobaqasi 1/8 finalida Islandiyaning "Valur A" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvni kichik “ajdarlar” faol boshlab, birinchi bo‘lib hisobni ochishdi. Biroq raqib javobsiz qolmay, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Gollarga boy kechgan o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.
G‘olib penaltilar seriyasida aniqlanib, yosh “ajdarlar” 5:4 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda “Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchilariga Portugaliyaning "AC Marinhense" jamoasi raqib bo‘ladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor