Boé yanvarda APL klublaridan biriga o'tishi mumkin
Boéning bozor qiymati 15 million yevroga teng.
ФОТО: Getty images
Myunxenning "Bavariya" jamoasi himoyachisi Sasha Boé Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish uchun bir qancha variantlarga ega. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transferiga "Nyukasl" va "Kristal Pэlas" klublari qiziqish bildirmoqda. U klublardan biriga yanvardagi transfer oynasida ko'chib o'tishi mumkin.
25 yoshli frantsuz lateral 2024 yil yanvar oyida "Bavariya" safiga qo'shildi. Himoyachi myunxenlik gigant bilan 2028 yil iyun oxirigacha shartnomaga ega. Transfermarkt mutaxassislarining baholashicha, Boéning bozor qiymati 15 million yevroga teng.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist